***
— Sherni sahroda qanday tutib olish mumkin?
— Yaxshisi, mushukni tutib olib, to “Sherman” deb bo’yniga olmaguncha kaltaklayverish kerak.
***
Talaba imtihonda savolga qoniqarsiz javob bergach, professor uning imtihon varaqasiga “Eshak” deb yozib qo’ydi.
Talaba:
— Ustoz, imzo qo’yishga qo’ydingiz-u, lekin baho qo’yishni unutdingiz!
***
Ideal ayol — bu maktab muallimasi. Faqat ugina dunyoda savol berib javobni eshitish uchun sukut saqlaydigan yagona ayoldir.
***
Chekuvchilarga maslahat:
— “Ma’lumki, bir martalik jilmayish umrni besh daqiqaga uzaytiradi. Bitta chekib tashlangan sigaret esa umrni o’n besh daqiqaga qisqartiradi. Shunday ekan, chekayotganingizda uch marta jilmayib qo’ysangiz, sigaret umringizga salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi.”
***
Mehmon uy egasidan so’radi:
— Sigaret cheksam maylimi?
— O’zingizni xuddi uyingizdagidek tutavering!
Mehmon bu gapdan so’ng og’ir xo’rsindi-da, sigaretini cho’ntagiga yashirib qo’ydi.
***
— Og’ayni, bolalikdagi orzularingning birontasi ushaldimi?
— Ha, bittasi ushaldi.
— Qaysisi?
— Bolaligimda otam sochlarimdan tortib kaltaklasa, doimo kal bo’lib qolishni orzulardim.
***
Er teskari o’girilib kiyimini almashtirardi. Xotini yelkasi tirnalganini ko’rib so’radi:
— Yelkangizni kim tirnadi?
— E, yo’lda ketayotsam, allakimning tomidan bir mushukcha ustimga sakrasa bo’ladimi!.. O’sha mushukcha…
— To’g’ri, demak, lab bo’yog’i bilan “Sizning mushukchangiz” deb o’sha yozgan ekan-da?!.
***
Yigit qizga dedi:
— Yur, restoranga boramiz!
— Men, bormayman. Sizdan xafaman.
— Yura qolgin!
— Mensiz boravering.
— Pulim bo’lmasa qanday qilib sensiz restoranga boraman?
***
— Jonim, yur, kinoga boraylik!
— Ketdik!
— Yigiting qarshi bo’lmasmikan?
— Mening yigitim yo’q. Erim urib o’ldirib qo’ygan.
***
Er uyiga kelsa, xotini dasturxon tuzab, dasturxonga o’n sakkizta shamni yoqib qo’yibdi. U hayron bo’lib so’radi:
— Xotin, bugun kimning tug’ilgan kuni?
— Paltoimning.
— Nima?
— Ha, paltoim bugun balog’at yoshiga yetdi.
***
Vrach kabinetga kirib kelgan bemorga dedi:— Siz zudlik bilan ko’zoynak taqishingiz kerak!— Ie, hali meni tekshirib ko’rmadingiz-ku!
— To’g’ri, lekin siz kabinetga derazadan oshib tushdingiz.