* * *
Bog’cha bolasidan so’rashdi:
— Sanashni bilasanmi?
— Ha. Olti, yetti, sakkiz, valet, dama, tuz!..
* * *
— O’g’ilginam, nega qo’llaring bunchalar kir? — so’radi oyisi besh yoshli boladan.
— Chunki, shu qo’llarim bilan yuzimni yuvdim.
* * *
Juda halol yashaydigan yigitning yoniga bir kuni farishta tushib dedi:
— Seni halolliging uchun Xudo taqdirlamoqchi. Ayt, aqlni olasanmi, shuhratni olasanmi, yo boyliknimi?
— Aqlni. — dedi yigit va juda aqlli odamga aylandi.
— Mana, endi aqlni olding. — davom etdi farishta. — To’g’ri qarorga keldim deb o’ylaysanmi?
Yigit o’ylab turib javob qildi:
— Eh, boylikniyam qo’shib so’rasam bo’larkan.
* * *
120 ga kirgan odamdan so’rashdi:
— Qanday qilib shuncha yil umr ko’rdingiz?
— Men umrimda hech kim bilan bahslashmaganman.
Bir chetda suhbatni jurnalist kuzatib turgan ekan. Tutoqib ketdi.
— Bo’lishi mumkinmas. Odam shuncha yil bironta odam bilan bahslashmay yashay olmaydi.
— Men sizga qo’shilaman. — ohista javob qildi qariya.
* * *
Bir yigitning qulog’i uzilib tushib vrach huzuriga keldi.
— Bizda faqat ayol kishining qulog’i bor. — dedi vrach.
— Mayli, farqi yo’q…
Bir hafta o’tib o’sha yigit yana vrach huzuriga keldi.
— Do’xtir, nima qilib qo’ydingiz quloqni?
— Nima bo’ldi?
— Eshitishga eshityapman, lekin hech narsaga tushunmayapman.
* * *
— Do’xtir, ozish uchun olma yeb parhez qiling degandingiz. Yordam bermayapti.
— Siz olmani yuvib yeyapsizmi?
— Ha.
— Endi yuvmasdan yeb ko’ring.
* * *
Ona qornida egizaklar o’zaro gaplashishyapti.
— Aka, haqiqatan tashqarida hayot bormikan-a?
— Bilmadim. Hali hech kim uyoqdan qaytgan emas.
* * *
Zoologiya darsida.
— Haybatillo, suvda ham, quruqda ham birday yashay oladigan jonzotlarni nima deb atashadi?
— Matros.
* * *
Erim juda omadli odam. Mana, kechagina hayotini sug’urta qildirgandi. Bugun ertalaboq boshiga g’isht tushib kasalxonaga yotdi.
* * *
— Ming so’m bilan bir dollar o’rtasida qanday farq bor?
— Bir dollar.
* * *
— Sudlanuvchi, umid qilamanki, biz siz bilan boshqa ko’rishmaymiz.
— Ie, pensiyaga chiqayapsizmi?
* * *
Qul bozorida.
— Menga ikkita oqidan va yarimta qorasidan bering!
Olimjon HAYIT tayyorladi