KULISh MANA BUNDAY BO'LADI, BRAT!..

 

Futbol bo’yicha navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoa o’yinchilari ro’yxati:

1. Darvozabon: To’pqo’rqar Xo’pqo’rqarich;

2. Himoyachilar: Yondan O’tkazvordiyev, Yiqilib Tushdiyev, O’ziga Urarov va Jarima Ishlabtoparich.

3. Yarim himoyachilar: Anqayib Yurdiyev, Charchabqolar To’xtabqolarich, Aldanishga Ustaroqov va Eplab Tepolmasov.

4. Hujumchilar: Gol Uralmasov, Qiyshiq Teparov.

Yana ikki hujumchi Mo’ljalchiy Merganashvili hamda To’pko’rmas Alamyanlar yashil maydonga kalta paypoqda chiqqanligi sababli o’yindan chetlatildi.

Behruz HAYITOV tayyorladi