***
— Vrachning aytishicha, menda tog’ chang’isi sportiga juda qobiliyat zo’r ekan.— Qanday qilib aniqladi?
— Suyaklarim sinsa, juda tez bitib ketarkan.
***
— Bemor, kechasi qanday uxlayapsiz?— Yaxshi. Uchgacha sanasam bas, uxlab qolayapman.— Yo’g’e, atigi uchgacha-ya?
— Nima desam ekan? Ba’zida to’rt yarimgacha sanashgayam to’g’ri keladi.
***
Bir kuni vokzal boshlig’i qarasa, chukcha nuqul vagonga boshini urayapti. Sekin kelib so’radi:— Chukcha, aqldan ozdingmi? Bu nima qilganing?
— Chukcha aqldan ozgani yo’q, yumshoq vagon qidirayapti.
***
— Boks nima?
— Do’stona qon to’kish.
***
Bokschi jang oldidan sevgan qiziga dedi:
— Azizam, jangdan so’ng qahvaxonada uchrashaylik!
— Bo’pti, roziman. Faqat qo’lingizga biror gazetani ushlab oling. Tag’in sizni tanimay qolmay!
***
Muallim o’quvchilarga mulozamat nimaligini tushuntirarkan, so’radi:
— Tasavvur qiling, erkak va ayol zinalardan yuqoriga ko’tarilayapti. Negadir erkak oldinda, ayol esa orqada. Nega?
O’quvchilardan biri qo’l ko’tarib dedi:
— Ayol o’sha erkakning qaysi kvartirada yashashini bilmaydi-da!
***
Botanika darsida. Muallim so’radi:
— Olma terish uchun qaysi payt qulay?
Birinchi o’quvchi:
— Avgust.
Ikkinchi o’quvchi:
— Sentyabr.
Uchinchi o’quvchi:
— It boylangan payt.
***
Keksa yahudiy vrachga arz qilayapti:
— Bolam, negadir chap qulog’im yaxshi eshitmaydigan bo’lib qoldi.
Vrach:
— E, otaxon, keksalik bu, keksalik!
— Ie, nima, unda o’ng qulog’im chapidan yoshroqmi?
***
O’g’il otadan so’radi:
— Dada, Yalmog’iz kampir rostdan ham ertaklarda bo’ladimi?
Ota sekin qaynonasi tomonga qarab qo’ydi-da, javob qildi:
— Kichkina ekanimda, men ham shunday deb o’ylardim.
***
Yahudiy birinchi bor parashyutdan sakradi. Uning sakrashini xotini va o’g’li kuzatib turishardi. Qarashsa, yerga tushdi-yu, qimirlamay yotib qoldi. Ona o’g’liga dedi:
— Bor-chi, otang nafas olayaptimikan?
O’g’il otaning tepasiga kelib tekshirib ko’rdi-da, baqirdi:
— Oyi, nafas olayapti. Lekin dadamning yonida umuman nafas olib bo’lmaydi.
***
— Nega eringiz bilan ajrashmoqchisiz?
— Erim bir ko’zli ekan.
— Ilgari qaerga qaragandingiz?
— Yerga.