Haqiqiy hangomaning bundan battari bo'lmaydi…

 

* * *

Maktab direktori o’rinbosarinikiga mehmonga keldi. Endigina kursiga o’tirgandi, bir burchakdagi qafasdan to’tiqushning qichqirig’i eshitildi:

— Direktor yaramas!

— Ie, Obid Odilovich, bu nimasi?

— Ha endi… Qush-da, e’tibor qilmang!

— Yo’q, men haqorat qilishlariga yo’l qo’yolmayman. Qani, u yaramas to’tini menga bering! Hoziroq qovurib yeyman! Mayli, sizgayam jabr bo’lmasin! Qovurib keling, yuz dollar beraman.

O’rinbosar sekin qafasni oldi-da, oshxonaga kirib ketdi. Birozdan so’ng idishda qovurilgan qushni olib kelib stolga qo’ydi. Direktor qarasa, qushning deyarli go’shti yo’q. Hammasi suyak.

— Ie, yuz dollarga shu suyakni yeymanmi? Yo’q, mang, o’n dollar! Mana shuyam yetadi! Ja ozg’in ekan qushingiz!

Bir mahal oshxonadan to’tining ovozi eshitildi:

— Aytmaganmidim direktor yaramas deb?!.

* * *

Mahbus xotinidan xat oldi. O’qib chiqqach, kameradoshlari undan so’rashdi:

— Xotining nima deb yozibdi?

— E, o’g’lim ikkinchi yil ham beshinchi sinfda qoladigan bo’libdi… Oilamizni sharmanda qilibdi yaramas.

* * *

Bo’rivoy muallimga dedi:

— Ustoz, kecha sizni kennoyim bilan birga kinoda ko’rdim. Orqa o’rindiqda o’tirgan ekansizlar!

— Juda yaxshi, Bo’rivoy. Faqat bu haqda kennoyingga aytmagin-a!

* * *

Maktabda o’quvchilarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish usullari o’rgatilyapti.

Muallima:

— Xo’sh, Eshmatov, agar uch yashar ukang uy kalitini yutib yuborgan bo’lsa, qanday yo’l tutarding?

— Uyga derazadan oshib kirardim.

* * *

Muallim:

— 7×7 necha bo’ladi? Qani, Eshmat, sen ayt-chi!

— Ustoz, eshitmadim.

— 7×7 necha bo’ladi?

— Ovozingiz umuman eshitilmayapti.

— Yolg’on gapirma! Xo’p, qani, joyimizni almashaylik-chi! Sen mening joyimga borib o’tir! Ana shunday. Qani, menga savol ber-chi!

— Ustoz, opamni qachon tinch qo’yasiz-a?

— Vey, qara, haqiqatan, bu partagacha ovoz yetib kelmas ekan.

* * *

Ayol tush ko’ryapti. Katta ko’cha. Tun. Bir mahal ketidan begona erkak quvlab kela boshladi. Ayol qochdi. Ammo qancha chopmasin, erkak unga yetib oldi va yo’lini to’sdi. Ayol titrab-qaqshab so’radi:

— Meni… nima qilmoqchisiz?..

— Bilmadim, xonim! Axir, siz tush ko’ryapsiz!

* * *

Qahvaxonada o’tirgan bir qiz dugonasiga dedi:

— Men turmushga chiqadigan yigit kelishgan, musiqani sevadigan, qiziq-qiziq latifalar aytib kuldiradigan, davrani qizita oladigan bo’lishi kerak.

Shunda qo’shni stolda o’tirgan bir yigit luqma tashladi:

— Yaxshi qiz, siz orzu qilganingiz yigit emas, televizor!

* * *

Vrach bemorga dedi:

— Sizning kasallik varaqangizni ko’zdan kechirib dahshatli narsani ko’rib qoldim.

— Do’xtir, rak bo’libmanmi?..

— Undan ham battar!

Bemor hushdan ketib yiqila boshlagandi, vrach qo’shib qo’ydi:

— O’zingizni bosing! Siz yashaydigan tumandagi bemorlarga bizning poliklinika xizmat ko’rsatmas ekan.

* * *

O’quvchi partadosh sherigidan so’radi:

— Zimbabvening prezidenti kim?

— O’zing bilasanmi?

— Bilaman.

— Kim?

— Negr.

* * *

Sudya ayblanuvchidan so’radi:

— Ayting, siz oliy o’quv yurtini tugatgansiz, ko’rinishingizdan tuppa-tuzuk odamga o’xshaysiz. Nega pochtachini kaltakladingiz?

— Mening o’rnimda bo’lsangiz, siz u yaramasni o’ldirardingiz. Qarang, bu odam uyimga kelib: «Sizga zo’r xat olib keldim, lekin suyunchisiga raqs tushib bermasangiz, xat qo’lingizga tegmaydi» dedi. Men raqs tushib berdim. U xatni tutqazdi. Xo’sh, qanaqa xat ekan deb o’ylaysiz?

— Qanaqa?

— Harbiy komissariatdan chaqiruv qog’ozi kelgan ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit