* * *

Amerikada qurol do’koniga to’rtinchi sinfda o’qiydigan bolakay kirib kelib sotuvchiga dedi:

— Menga bitta «Kalashnikov» avtomati, ellikta patron va bir quti gugurt bering!

— Hoy, o’g’lim, gugurtni nima qilasan? Biz yosh bolalarga gugurt sotmaymiz!

* * *

Bu holat har bir er-xotin o’rtasida bo’lishi mumkin. Xullas, xotin eriga dedi:

— Dadasi, hech qursa, qilib qo’ygan ishingiz uchun uzr so’rasangiz bo’lardi!

— Xo’p, kechir, xotin!

Xotin ters o’girilib, alamli shivirladi:

«He kechirimingminan qo’shmozor bo’l!»

* * *

Ota o’g’liga dedi:

— O’g’lim, uylansang, ana o’shanda haqiqiy baxt qandayligini bilasan!

— Rostdanmi?

— Ha, ammo unda kech bo’ladi.

* * *

Sudya guvohdan so’radi:

— Ayting-chi, jabrlanuvchi ayol va sudlanuvchi erkak er-xotinlarday yasharmidi?

— Voy, o’rtoq sudya, bu nima deganingiz? Undanam yaxshiroq yashashardi.

* * *

Er-xotin mashinada ketib borishar, tinimsiz janjallashishardi. Bir mahal er yo’l chetida turgan ikki eshakni ko’rdi-yu, xotiniga dedi:

— Ana, qarindoshlaring turishibdi!

— Ha-a, qaynonam bilan qaynotam!

* * *

Xotini bilan ajrashgan erkak yaqin do’stiga hasrat qilyapti:

— Ayol kishi shunday mavjudot ekanki, ajrashgach, er chiqib ketayotgandayam bir marta «shirin» gap aytib qolarkan.

— Masalan, qanaqa shirin gap aytarkan?

— Er chiqib ketayotganda «Baxtli bo’l, hayvon!» derkan.

* * *

Juhud ayoli eriga dedi:

— Abram, tomorqada tovug’imiz juda xafaqonday mung’ayib turibdi. Balki undan sho’rva tayyorlarmiz? Nima deysiz?

— Agar shu bilan xafachiligi tarqasa, mayli.

* * *

Yigit do’stiga dedi:

— Armiyaga bormasdan oldin tinch uxlardim. Chunki bilardimki, bizni qo’riqlashadi. Armiyaga borgach, umuman yomon uxlaydigan bo’ldim. Xalqimni qo’riqladim. Armiyadan kelgach, yanayam yomon uxlay boshladim. Sababi, bizni kimlar qo’riqlashini yaxshi bilaman.

* * *

Xotin:

— Dadasi, oyimni avtobus urib ketibdi!

Er:

— Azizam, meni qiynamasang-chi! Lablarim sovuqdan yorilib ketgan. Kula olmayman!

* * *

Erkak gazeta do’koni tuynugidan otkritkalarni tomosha qilib oxiri sotuvchiga dedi:

— Ajoyib otkritkalar ekan. Ularga nima deb yozilgan?

«Yakka-yu yolg’izimga».

— O’, unda 20 tasini bering!

* * *

Erkak daraxt shoxida o’tirgan kakkudan so’radi:

— Kakku, men qancha yashayman?

— Ku-ku!

— Shuncha kam umrim qoldimi?

— Shungayam shukr qil! Umuman aytganda omading bor ekan. Men duduqman.

Olimjon HAYIT tayyorladi