BI-IR KULIShMAYMIZMI, OG'A?..

* * *

Ota o’g’lidan so’radi:

— Manavi «ikki»ni nima uchun olding?

— Karl bilan Marks bir shaharda yashashadi degandim.

— Ahmoq, shuniyam bilmaysanmi? Axir, ular turli shaharlarda yashashgan va bir-birlarini umuman tanishmagan!

* * *

Yigirma yildan so’ng sobiq sinfdoshlar yig’ilishdi. Keksayib qolgan muallima sobiq o’quvchilariga bir-bir qarab chiqarkan, dedi:

— Oyshaxon, sen juda go’zal bo’lib ketibsan! Seni-chi, tez-tez televizor orqali ko’rib turaman. Yaxshi artistsan! Sen, Boltavoy olim bo’libsan. Maktabdayam hammadan yaxshi o’qirding. Voy, Toshmat, senga general kiyimi juda yarashibdi-ya!.. Maktabda qachon qarasa, bilmayman, bilishniyam istamayman deganing degan edi. Qanday qilib generalgacha yetib bording?

— Men hozir ham hech narsa bilmayman va bilishniyam istamayman. Lekin men aytgan topshiriq ertaga bajarilishi shart.

* * *

Maymun yo’lda tirnoqlarini egov bilan tekislayotgan yo’lbarsni ko’rib qolib so’radi:

— Nima qilyapsan?

— Tirnoqlarimni o’tkirlayapman. O’sha Sherxoning o’rmonda haqiqiy hukmdor kim ekanini ko’rib qo’ysin!

Maymun shu zahoti shernikiga borib hammasini aytib berdi. Sher sekin yo’lbarsning yoniga kelib so’radi:

— Ha, olaxon, nima qilyapsan?

— Menmi?.. B-bilasizmi… Manikyur qilyapman, manikyur!

* * *

Qizaloq onasidan so’radi:

— Oyi, odamlar yerdan kovlab olinadimi?

— Bu gapni qaerdan olding?

— Bir amaki dadamdan: «Bu xotiningni qaerdan kovlab olgansan?» deb so’radi.

* * *

— O’g’lim, aqlli odamlar doimo nimadandir ko’ngillari to’lmay, o’zlariga to’laqonli ishonmay yashashadi. Ahmoqlargina o’zlariga qattiq ishonib yuborishadi.

— Siz shunga ishonasizmi?

— Albatta.

* * *

Uzoq kelajak. Ikki bolakay tuvakda o’tirishibdi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Sening ota-onang qaysi chatda tanishishgan?

* * *

— Azizam, turmush qursak, ko’-o’p pul ishlab topamiz. Keyin dengizga boramiz. O’zimizga ijaraga yaxta olamiz. Ana undan so’ng balanddan pastga, pastdan balandga qarab sayr qilaveramiz, sayr qilaveramiz…

Shunda qiz birdan qayt qilib yubordi.

— Nima bo’ldi, azizam?

— To’lqinning kuchliligidan boshim aylanib ketdi.

* * *

Bir kuni bo’g’irsoq va quyon uchrashib qolishdi. Nima bo’ldi-yu, ular gap talashib mushtlasha ketishdi.

Quyon:

— Vey, bo’g’irsoq, quloqqa tepma!!

Bo’g’irsoq:

— Sen ham basharamga mushtlama!

* * *

Ikki estrada xonandasi uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga dedi:

            — Ishonasanmi, birinchi klipim chiqishi bilan mamlakatda televizorlar bozori chaqqon bo’lib ketganmish!..

— Buning hayron bo’ladigan yeri yo’q. Mening o’zim ham televizorimni sotib yuborganman.

* * *

Sevishganlar tunda uchrashuvga chiqishdi va yerga o’tirib olishgach, yigit taklif kiritdi.

         —  Kel, anavi daraxtdagi kakkudan qancha yashashimizni so’rab ko’ramiz!

         —  Bo’pti.

Yigit daraxtga boqib qichqirdi:

           — Kakku, biz qancha yashaymiz?

           — Ku-ku…

            — Nega buncha oz?

Kakku odam tilida javob qildi:

— Agar doim hozirgiday zax yerda uchrashaversangiz, shunchayam yashay olmaysiz!

Olimjon HAYIT tayyorladi