TARVUZDAN YuZ UChUN NIQOBLAR

Quruq yuzlar uchun
Yuzdagi dag’allikni olib, mayinlashtiradi.
Qo’llanilishi:
-3 qoshiq tarvuzning go’shtli qismi 2 osh qoshiq banan bilan aralashtiriladi. Yuz terisiga surtilib, yengil uqalanadi. 10 daqiqaga qoldiriladi. So’ng iliq suvda chayiladi.

 Yog’li yuzlar uchun
Yuzdagi yaltiroqlikni oladi.
Qo’llanilishi:
-3 osh qoshiq tarvuzning yumshoq qismi 1 osh qoshiq qatiq bilan aralashtiriladi. Aralashma yuzga 20 daqiqaga surtiladi va iliq suvda yuviladi.

Barcha turdagi terilar uchun
Tarvuz urug’ini tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni qiymalagichda maydalab, bir osh qoshiq qaynagan suv bilan aralashtirib, yuz terisiga surting. 10 daqiqadan keyin chaying. Yuzingiz tiniq va mayin bo’lganini darrov sezasiz. Muolajani haftada 2 marta bajarish mumkin.

SoglomHayot