Ko'z atrofida ajin paydo bo'lishiga nimalar sabab bo'ladi?

Ko’z atrofidagi teri haddan ortiq nozik va yupqa ekani sabab doimiy ravishda parvarishga ehtiyoj sezadi.

Juda ham issiq yoki sovuq suvda yuvinish

Suvning haddan ortiq darajada issiq yoki sovuq bo’lishi xotin-qizlar yo’l qo’yadigan eng katta xatolardan biri sanaladi. Suv harorati kundalik yuvinish uchun xona harorati kabi 23-24 daraja bo’lishi kerak, asli issiq yoki sovuq emas. Onda-sonda kosmetik muz bo’laklarini ko’z ostiga qo’ysa bo’ladi, ammo har kuni ketma-ket yuzga sovuq tegmasligi kerak. Aks holda teriga zarar yetishi mumkin. Qaynoq suv ham shunday terini quritib yuboradi hamda yuzda ajin ko’payishiga olib keladi.

 

Ko’zlardagi makiyajni o’chiradigan maxsus kosmetik vositalardan foydalanmaslik

 

Yuzni tozalashga mo’ljallangan vosita yorliqlariga ko’z atrofiga qo’llanmaslik kerakligi yozib qo’yilishi bekorga emas. Negaki yuz va ko’z atrofidagi teri farqli parvarish talab qiladi. Shu bois qovoq va ko’zlardagi makiyajni maxsus ko’pik yoki tarkibida yog’ bo’lgan ikki turli vosita bilan tozalash tavsiya qilinadi.

 

Ko’z ostiga oddiy yuz kremini surtish

 

Ko’z va uning atrofidagi teri uchun alohida kosmetik vositadan foydalanish kerak. Yuzga surtiladigan krem qanchalik qimmat va sifatli bo’lmasin, uni ko’z ostiga boshqa vositadan foydalaning.

 

Ko’z ostidagi terini yetarlicha namlantirmaslik

 

Terining quruqligi ajin paydo bo’lishiga olib keladigan eng ko’p tarqalgan sabablaridan biridir. Yetarlicha namlantirilgan teri uzoq vaqt tarang va silliq bo’ladi, mushak va teri osti yog’lari deyarli yo’q ekani sabab bu, ayniqsa, ko’z atrofidagi teriga taalluqli. Shu bois yuzni kun davomida ikki marta makiyaj qilishdan oldin va kechasi kosmetik vositalar tozalanganidan keyin parvarish qilish kerak.

 

Kremdan noto’g’ri foydalanish

 

Ko’z atrofiga kremni ohista harakatlar bilan surtish, suyakka tegadigan harakatlar qilmaslik kerak. Har kuni uyquga yotishdan avval qovoqlarni ichki burchakdan tashqariga, ko’z ostini esa tashqaridan ichkariga harakatlantirib, yengil massaj qiling. Bu qon aylanishini yaxshilab, terining tarang bo’lishiga yordam beradi.

 

Quyosh nurlaridan himoya qiladigan ko’zoynakdan foydalanmaslik

 

Quyosh nurlaridan himoyalovchi ko’zoynak taqmaganda, teri ahvoli yomonlashadi va bu ajinlar ko’payishiga olib keladi. Shu sabab ham ko’chaga iloji boricha ultrabinafsha filtrli ko’zoynak taqib chiqish kerak.

 

Sifatsiz ko’zoynak taqish

 

Ko’rish qobiliyati susaygan odam yaxshiroq ko’rish uchun ko’zlarini qisib qaraydi va bu mayda mimik ajinlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Aynan shu bois ko’z shifokori ko’rigida to’g’ri dioptriyali (optik shishalarning yorug’likni sindirish kuchi birligi) ko’zoynak yozdirish kerak.

 

Uyqudan avval makiyajni tozalamaslik

 

Uyquga tozalanmagan ten, tush, podvodka va boshqa kosmetika qoldiqlari bilan yotish teri ahvoliga zarar yetkazishi aniq. Shuning uchun hatto charchagan bo’lsangiz ham yuzingizni makiyajdan tozalash esdan chiqmasin.