Please log in or register to like posts.
News

Ming afsuski, inson terini ultrabinafsha nurlarining bevosita ta’siri qarshisida o‘ta chidamsiz. Janubiy mamlakatlarda istiqomat kiluvchi qora tanli insonlar bu borada oq-sariq teri soxiblariga nisbatan quyosh nurlariga chidamliroq ekanliklari bilan ajralib turadilar. Buning boisi teri tarkibidagi melanin moddasiga bevosita bog‘liq. Teri yuzasiga quyosh nurlari tushgan paytda teri to‘qimalarida melanin moddasining ishlab chiqarilishi jadallashadi, bu esa tananing pigment dog‘lar bilan qoplanishi va qorayib ketishiga sabab bo’ladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, kuyish xolati qora tanli insonlarga nisbatan ko‘prok terisi och rangdagi insonlarga tahdid qiladi. 

Davolash

Kuygan jarohatlarni davolash muolajasi ikkita bosqichda o‘tkaziladi. Avvalo terining kuygan sohalarida tana harorati tushiriladi, undan keyin esa zararlangan sohadagi quruqlik bartaraf etiladi. Mana shu ikki usul qo‘llanilgandan keyin kuyish darajasi va og‘riq hissi sezilarli darajada kamayganini xis qilish mumkin. Shu bilan birga zararlangan terini turli bakteriyalardan himoya qilish lozim. Teri avvalgi sog‘lom xolatiga qaytgunga qadar bemor quyosh nuri ostida uzoq vaqt davomida qolib ketishi tavsiya etilmaydi.

Quyosh nurlaridan extiyot bo'ling!

Yuz terisi kuyganda…

Yuz terisining keskin ravishda qizarishi va shishgan xolatga kelib qolishi teri kuyishinining eng asosiy belgilari hisoblanadi. Bu xolatning oldini olish uchun issiq kunlarda muntazam ravishda quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus vositalardan foydalanish, ko‘zoynak taqish tavsiya etiladi. Kosmetologlar bu borada ko‘chaga otlanishdan avval tozalangan yuz terisiga SPF belgili krem surtib olishni maslahat beradilar. 

Quyosh nurlaridan extiyot bo'ling!

Xalqona muolajalar: Qatiq

Kuygan teri yuzasidagi yoqimsiz og‘riqni bartaraf etish va terining qayta tiklanish jarayoniga ko‘mak berishda qatiqning foydasi beqiyos. Buning uchun terining kuygan sohalariga 1 soat davomida iliq qatiq ustma-ust surtib boriladi. Bunda qatiq qatlamlarining qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muxim. Avvalgi qatlam qurib qolmasdan turib keyingi qatlam surtib boriladi va iliq suv yordamida ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlanadi. 

Quyosh nurlaridan extiyot bo'ling!

Kartoshka

 

Kartoshkali malhamni tayyorlash uchun xom kartoshka qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi va sharbati siqib chiqariladi. Kartoshka suvi kuygan sohalar ustiga surtilib, kompress qilinadi. 

Quyosh nurlaridan extiyot bo'ling!

Moychechak

Moychechak damlamasi xam kuygan teri yuzasini davolashda ijobiy natija berishi mumkin. Uni tayyorlash uchun 1 oshqoshiq quritilgan moychechak gullari ustiga 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 30 daqiqa davomida tindiriladi. Damlama sovigach, suzib olinadi va toza doka yordamida kuygan sohalarga kompress qilinadi. 

Quyosh nurlaridan extiyot bo'ling!

Choy

Qo‘l ostingizda dorivor giyohlar topilmay kolsa, oddiygina qora choydan xam malham sifatida foydalanishingiz mumkin. Buning uchun 1 choyqoshiq quruq choy ustiga 1∕4 stakan qaynagan suv quyib, achchiq choy damlanadi. Doka iliq choyda namlab olingach, kuygan soha ustiga 20 daqiqa davomida kompress kilinadi. Muolajani kun davomida 3 marta takrorlash maqsadga muvofiq. 

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *