Benzema yozda «Real»dan ketishi mumkin

«Real» hujumchisi Karim Benzema yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda Relevo jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ko’ra, 35 yoshli to’purarga Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan biridan taklif bor. Ismi oshkor etilmagan jamoa Karimga yiliga 100 million yevro maosh oladigan ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Benzema hozir bu taklifni ko’rib chiqmoqda.

Fransiyalik futbolchining “qirollik” klubi bilan shartnomasi iyun oyi oxirigacha hisoblangan. Madridliklar Benzema bilan shartnomani 2023/2024 yilgi mavsum uchun uzaytirmoqchi. U 2009 yildan beri «Real»da o’ynamoqda.