Ronalduning dubli “An-Nasr”ga “Al-Adalh”ni mag'lub etishga yordam berdi

“An-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionati 22-tur uchrashuvida safarda “Al-Adalh”ni mag’lub etdi (5:0).

Hujumchi Krishtianu Ronaldu birinchi bo’lim oxirida penaltini golga aylantirdi, ikkinchi bo’lim boshida esa o’yindan gol urdi. Shuningdek, Anderson Taliska dublga erishgan bo’lsa, Ayman Yahyo bitta golga mualliflik qildi.

“An-Nasr” 52 ochko jamg’arib, turnir jadvalida 2-o’rinda bormoqda. “Al-Adalh” so’nggi pog’onada – 17 ochko bilan.