Toshkentda qilichbozlik bo'yicha qit'a birinchiligi o'tkazildi

Toshkentda qilichbozlik bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida qit’a birinchiligi bo’lib o’tdi.

  • Musobaqa yakuniga ko’ra, O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan Koreyadan so’ng ikkinchi;
  • yoshlar toifasida esa 6 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.