IFFHS (Halqaro futbol statistikasi va tarixi federatsiyasi) 2022 yilning eng yaxshi pleymeykerlari reytingini e’lon qildi.
Birinchi o’rinni «PSJ» safida Fransiyada to’p surayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messi egalladi. U ovoz berishda 170 ball to’plagan.
Ikkinchi o’rinni «Real»ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich (115) egalladi. Kuchli uchlikni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (40) yopdi.
Messi uchun bu beshinchi shunday mukofot va bu rekord hisoblanadi.
Fransiya chempionatining joriy mavsumida Lionel 13 uchrashuvda o’nta golli uzatmaga mualliflik qildi.
JCh-2022da 35 yoshli argentinalik futbolchi 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish