Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasini tark etish niyatida emas va JCh-2026da ham o’ynashni istamoqda.
Marca xabariga ko’ra, hujumchi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas. Krishtianuning atrofidagilar uning ehtimoliy maqsadi 2026 yilgi mundialda ham qatnashish ekanligini ta’kidlashmoqda.
Qayd etilishicha, Portugaliyaning JCh-2022dagi muvaffaqiyatsizligi Ronaldu uchun kuchli zarba bo’ldi. Futbolchini qiyin davr kutmoqda va u bu natijani qabul qilishga harakat qilmoqda. Lionel Messi o’ynayotgan Argentinaning chempion bo’lishi Krishtianu uchun yanada alamliroq bo’ldi.
37 yoshli forvard hozirda erkin agent hisoblanadi. Noyabr oyida u «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qilgandi. Hujumchi dekabr oyi oxirigacha Saudiyaning «An Nasr» klubiga o’tishi kutilmoqda.