Mbappe Parijda qolmoqchi

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubida qolishga intilmoqda, deb xabar beradi Sky Sports.

Manbaga ko’ra, futbolchi, birinchidan, Parijdagi missiyasi hali yakuniga yetmagan deb hisoblamoqda. Qolaversa, u 2024 yilda Parijda bo’lib o’tadigan Olimpiadada g’olib bo’lishni istamoqda.

23 yoshli Mbappe joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 38 ta o’yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.