Bir donagina krossovka 1,47 million dollarga sotildi! Chunki uni…

AQShlik basketbol yulduzi Maykl Jordan kiygan krossovka rekord darajada, ya’ni 1,47 million dollarga sotildi. Bu haqda BBC Newsga asoslanib Interfaks ma’lum qildi.

 

Krossovkalar yakshanba kuni Las-Vegas shahridagi «Sotheby’s» Kimoshdi savdosida sotilgan. Kimoshdi savdosidan oldin ularning qiymati 1 million dollardan 1,5 million dollargacha baholangan edi.

 

Basketbol yulduziga tegishli bo’lgan krossovkalarni mashhur kolleksiyachi Nik Fiorella sotib olgan.

 

Oyoq kiyimi Nike brendi tomonidan basketbolchi uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sportchi birinchi marta bu juft poyabzalni 1984 yilda «Chikago Bullz»dagi birinchi mavsumi o’yinlarida kiygan.

 

Xuddi shu yili Nike va Maykl Jordan o’zlarining Air Jordan poyabzal va kiyim-kechak brendini ishga tushirgandilar.