Opel zavodlaridan biri chiplar yetishmovchiligi tufayli faoliyatini 2022 yilgacha to'xtatadi

Stellantis NV avtokonsernining Opel brendi yarimo’tkazgichlar yetishmovchiligi tufayli Germaniyadagi korxonasi faoliyatini 2022 yilgacha to’xtatadi. Bu haqda kompaniya vakili ma’lum qilgan.

«Ayzenaxdagi zavod kelgusi haftadan ishlab chiqarishni vaqtinchalik to’xtatadi», — degan u.

Opel vakilining so’zlariga ko’ra, korxona faoliyatini 2022 yil boshlarida boshlashi mumkin.

Stellantis 2021 yilda Fiat Chrysler Automobiles NV va PSA Group kompaniyalari birlashishi natijasida tashkil topgan.

Konsern Abarth, Alfa Romeo, Chrysler, Dodge, Fiat, Jeep, Lancia, Moper, Opel, Peugeot, Leasys, Free2move, Vauxhall va Ram rusumli avtomobillar ishlab chiqaradi.