***
Psixiatr qabuliga ona qizini olib keldi.
Ona:
— Bilasizmi, qizim yurgan yo’lida kulaveradigan bo’lib qoldi.
Vrach:
— Siz qizingizning sochini yanayam qattiqroq turmaklasangiz, nafaqat kuladigan, balki, gapiradigan ham bo’lib qoladi.
***
Professor distrofiklar palatasiga kirib dedi:
— Salom, lochinlar!
— Biz lochinlar emasmiz. Hamshira shamollatgichni yoqib qo’ydi xolos.
***
Bir kishi kasalxonaga kelib hamshiraga dedi:
— Men bemor Toshmatovni ko’rishim kerak edi.
— Portlagan dinamit ostida qolganmi?
— Ha, o’sha.
— U 23,24,25-palatalarda yotibdi.
***
Bolakaydan so’rashdi:
— Ayt-chi, eng katta orzuing nima?
— Bizning mahalliy futbol jamoamiz shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo’lishini xohlayman.
***
Futbol musobaqasi paytida jala quyib yubordi. A’zoyi badani shallabo bo’lgan erkak yonidagi sherigiga dedi:
— Qara, shunday havoda xotinim futbolga kelmasdan ko’chada sayr qilib kelishni talab qildi-ya!
***
— Mening eng nozik nuqtam — bu futbol. Men o’yingohda ertalabdan to kechgacha ham o’tira olaman.
— Bunga xotiningizning munosabati qanday?
– Xotinim? Ie, ish vaqtida nima bilan shug’ullanishimning unga nima farqi bor?
***
Yigit boshlig’i huzuriga kirib dedi:
— Tushdan keyin menga ruxsat berib tursangiz! Tog’am olamdan o’tdi. Ta’ziyasiga bormasam bo’lmaydi.
Ruxsat berildi. Tushdan so’ng boshliq o’yingohga kelib o’rindiqqa o’tirsa, yonida ishdan ruxsat so’ragan yigit o’tiribdi.
— Ie, bu yerda nima qilayapsan? Tog’angning ta’ziyasiga ketmadingmi?
— Ozgina sabr qiling! Hali o’yin tugasin, ko’rasiz… Tog’am shu matchda hakamlik qilayapti.
***
Futbol musobaqasi vaqtida tomoshabinlarning biri bolakaydan so’radi:
— Shunday qimmat chiptani qaerdan olding?
— Dadam olib berdi.
— Dadangning o’zi qani?
— Uyda chiptasini izlayapti.
***
Erkak ta’tildan qaytgach, hamkasbiga dedi:
— Qurib ketsin!.. Ta’tilga chiqqan kunim kechqurun xotinim dasturxon tuzadi. Ichdik. Ertalab uyg’otayapti:
— Dadasi, turing, ishga kech qolasiz!
***
Ikki chukcha o’tirib olib bombani maydalayapti. O’tkinchi dedi:
— Vey, jinnimisanlar? Hozir portlab ketadi-ku!
— Hechqisi yo’q. Portlab ketsa, bizda yana bitta bomba bor.
***
Chukcha “KAMAZ sotib oling!” qabilidagi reklamalarni ko’raverib, oxiri shu mashinani sotib olishga ahd qildi. Atayin Moskvaga borib KAMAZ sotib oldi va bir yildan so’ng uyga mashinasiz qaytdi. Undan hamqishloqlari so’rashdi:
— Ie, mashina qani?
— E, yaxshi ekan-ku, lekin itlarim darrov charchab qolisharkan.