* * *
Sher o’rmonda hayvonlar o’rtasida yugurish bo’yicha musobaqa tashkil etdi. Shubhasiz, quyon hammadan o’zib ketdi. Bir payt hayvonlar finishga kelishsa, quyon yo’q. Yerda bir nechta suyaklar sochilib yotibdi. Sherdan so’rashdi:
— Quyon qani?
— U yaramas doping tekshiruvidan o’ta olmadi. Shu sababli uni bir umrga musobaqalardan chetlatdim.
* * *
Parashyutdan sakrash bo’yicha musobaqada g’olib bo’lgan sportchidan murabbiysi so’radi:
— Nega taqdirlash marosimida yuqoridagi supada emas, pastdagisida turding?
— Ustoz, bilasiz-ku, men balandlikdan qo’rqaman!
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Ishonasanmi, mening Eshmatboyim o’zi mustaqil yura boshladi!
— Yo’g’-e, rostdanmi?
— Ha-da! Kecha bardan chiqib o’zi mustaqil uyga keldi.
* * *
— Dugonajon, ering mashinani judayam tez haydaydi-da! Xavotirlanmaysanmi?
— Yo’q, mening erim sug’urtalangan.
* * *
Xotin eriga qo’ng’iroq qilyapti:
— Ishlar qalay?
— Yaxshi.
— Sog’lig’ingiz-chi?
— Yaxshi.
— Men siz bilan ajrashaman.
— Yaxshi.
* * *
Ikki do’st uchrashib qolishdi.
— Men qariyapman.
— Nimadan?
— Ayollarning savollaridan.
— Qanaqa savolidan?
— Ilgari ayollar mendan: «Nega uylanmayapsiz?» deb so’rashardi.
— Endi-chi?
— «Nega uylangansiz o’zi?» deb so’rashyapti.
* * *
Juhud xotinini begona erkak bilan tutib oldi. Sudda undan so’rashdi:
— Nega o’sha erkakning peshonasiga to’pponcha tiradingiz-u, otib tashlamadingiz?
— Men to’pponchani uning boshiga tiraganimda: «Shu to’pponchang uchun qancha so’raysan?» dedi. O’zingiz o’ylang, tijorat haqida gapirgan odamniyam o’ldirib bo’larkanmi.
* * *
— Itingiz zotdormi?
— Ha, itim aristokratlar xilidan. Afsuski, gapirishni bilmaydi-da! Agar gapirishni bilganda, siz bilan ham, men bilan ham gaplashib o’tirmagan bo’lardi.
* * *
1945 yil. Nemis muallimi o’quvchiga dedi:
— Gans, «qochmoq» fe’lini tuslab ber!
— Men qochdim, sen qochding, siz qochdingiz…
— «Ular»- chi?
— Ular hujumga o’tdi!
* * *
— Nega eringiz bilan ajrashmoqchisiz?
— Erim bir ko’zli ekan.
— Ilgari qaerga qaragandingiz?
— Yerga.