Biz bilgan va bilmagan dunyo.
1. Pitsa birinchi marta 1889 yilda Italiya qirolichasi Margarita buyrug’iga binoan tayyorlangan.
2. Yaponiyada ilonbaliq ta’mli muzqaymoq ham topiladi.
3. Portugaliyada qizil siyohda yozish qo’pollik sanaladi.
4. Silovsinlar son jihatdan kam bo’lishiga qaramasdan, Amerikada eng ko’p tarqalgan mushuksimonlar oilasi vakili.
5. Mushuk tanasidagi suyakning qariyb 10 foizi dum qismida joylashgan.
6. Kaltakesaklar oyog’ining yuza qismi millionlab mayda tuklar bilan qoplangan. Tuklardagi maxsus suyuqlik kaltakesaklarning devorlar yuzasida ham erkin harakatlanishini ta’minlaydi.
7. “Astronavt” so’zi grekchada so’zdan olingan bo’lib, “yulduz” va “dengizchi” degan ma’nolarni anglatadi.
8. Inson suyaklaridagi kalsiy va qon tarkibidagi temir moddasi ulkan yulduzlar portlashi natijasida hosil bo’lgan ekan.
9. Nil timsohlari o’z o’ljasini suv ostida nafas olmasdan ikki soatgacha tura oladi.
10. Olimlar tomonidan meduza deb nomlangan mavjudot baliqlar sirasiga kirmaydi. Chunki unda na yurak, na miya va na suyak mavjud.
11. Dunyodagi eng ulkan salamander deb Xitoy salamanderlari tan olingan. Ularning uzunligi 1.8 metrgacha yetadi.
12. Ko’pchilik odamlar qizil rangli tish shotkasiga qaraganda, moviy ranglisini afzal ko’rishar ekan.
13. Kolibrilar sekundiga 200 martagacha qanot qoqishadi.
14. Shimoliy Amerikada 1200dan ortiq “suv park”lari mavjud.
15. Yo’ldagi harorat 158°C ga yetganda, siz tuxumni bemalol yerda pishirishingiz mumkin.