Urush har yerga o'z ta'sirini o'tkazmoqda jumladan, «Real»ga ham

Rossiyaga qarshi sanksiyalar «Real Madrid»ning «Santyago Bernabeu» stadionini rekonstruksiya qilishni kechiktirishi mumkin. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.

Manbaga ko’ra, «Santyago Bernabeu» fasadi Ispaniyaga Rossiyadan olib kelingan zanglamaydigan po’lat plitalar bilan qoplandi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar mamlakatlar o’rtasida konteyner tashishni to’xtatib qo’ydi, bu esa stadionni rekonstruksiya qilishni kechiktirishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, «Real Madrid» La Liga peshqadami bo’lib, Chempionlar Ligasida ham kurash olib bormoqda.