Tata Steel Chess 2023. Abdusattorov deyarli 7 soatlik o'yinda qiyin durangga erishdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o’tkazilayotgan shaxmat bo’yicha «Tata Steel-2023» xalqaro turnirida bugun 9-tur o’yinlari o’tkazildi.
Tata Steel Chess 2023. Abdusattorov deyarli 7 soatlik o'yinda qiyin durangga erishdi
Musobaqaning «Masters» guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov mazkur turda germaniyalik Vinsent Keymer bilan bahslashdi.

Durangga borayotgan o’yin
O’yinning yarmi ortda qolganida vaziyat tengdek ko’rinsa-da, Abdusattorovning bir piyodasi zaif bo’lgani uchun ustunlik asta-sekin nemis sportchisi tomoniga o’ta boshladi. Ammo Nodirbek qiyin vaziyatdan chiqib ketib, vaziyatni yana tenglashtirdi.

Abdusattorovning xatosi
Shundan so’ng har ikki shaxmatchidan o’ta yuqori aniqlikdagi yurish talab etila boshladi. O’yin oxiriga yaqinroq pallada esa Abdusattorov xatoga yo’l qo’ydi va noto’g’ri yurish tufayli bir piyodasidan ayrildi. Natijada ustunlik yana Keymer tomoniga o’tdi. Bu xato esa yakunda mag’lubiyatga olib kelishi mumkin edi. Ammo…

Keymerning xatosi
Germaniyalik sportchi ham kutilmaganda xato yurishni amalga oshirdi. Hamyurtimiz esa bu holatdan unumli foydalanib, raqibning bir piyodasini urishga muvaffaq bo’ldi. Har ikki shaxmatchi hisobida bir piyoda va bir ruh qoldi.

Endshpil
O’yin so’ngida Keymers piyodasi Farzinga chiqishga bir qadam qoldi. Abdusattorov esa raqibga Shohini cheksiz shoh berish pozitsiyasida ushlab oldi. Natijada shaxmatchilar durangga rozi bo’lishdi.

Ochkolar
Hamyurtimizning ochkolari 6,5taga yetdi va u peshqadamlikni saqlab qoldi. Ikkinchi o’rindagi Anush Giri bugun g’alaba qozonib, ochkolarini 6 taga yetkazdi. Karlsen esa bu turda durang qayd etdi va ochkolarini 5taga yetkazdi.

Keyingi raqib
Abdusattorov 10-turda xitoylik Liren Ding bilan oq donalarda o’ynaydi.