Shomurodov yangi jamoasida ilk golini urdi

Italiya chempionatining 28-tur o’yinlari doirasida «Spetsiya» o’z maydonida «Salernitana»ni qabul qildi.

«Spetsiya» tarkibida ijarada to’p surayotgan Eldor Shomurodov ushbu bahsda mavsumdagi ilk golini urdi va jamoasini mag’lubiyatdan qutqarib qoldi.

Uchrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.