«Rossiyada o'ynash menga yoqardi»

“Roma” va O’zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya terma jamoasi bilan bo’lib o’tadigan o’rtoqlik uchrashuvi oldidan fikr bildirdi.

Eslatib o’tamiz, 2017 yildan 2020 yilgacha Shomurodov «Rostov»da o’ynagan va u yerda Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin bilan ishlashga muvaffaq bo’lgan.

“Menga u yerda o’ynash yoqdi. Rostovda bir necha yillarni yaxshi o’tkazdim. Karpin bilan uchrashuv haqida gaplashdingizmi? Hali yo’q. O’ylaymanki, o’yindan so’ng u bilan gaplashamiz», – deya Shomurodovning so’zlarini keltiradi Metaratings.

O’zbekiston – Rossiya uchrashuvi 20 noyabr, yakshanba kuni Toshkentda bo’lib o’tadi.