Ronalduning «An-Nasr»dagi taqdimoti JCh-2022 finalidan ko'proq auditoriya to'plaganRIYADH, SAUDI ARABIA — JANUARY 03: Al-Nassr’s new forward Cristiano Ronaldo greets the fans during his unveiling at the Mrsool Park Stadium on January 3, 2023 in Riyadh, Saudi Arabia. (Photo by Yasser Bakhsh/Getty Images)

Krishtianu Ronalduning “An-Nasr”dagi taqdimoti jahon chempionati finalidan ko’ra ko’proq tomoshabinga ega bo’ldi.

Jurnalist Pedro Sepulvedaning so’zlariga ko’ra, 37 yoshli hujumchining “An-Nasr”dagi taqdimoti tadbirini dunyoning 40 ta kanali orqali 3 milliard odam kuzatgan.

O’z navbatida, Argentina va Fransiya terma jamoalari o’zaro to’qnash kelgan Qatardagi jahon chempionati finalini (3:3, pen. 4:2) butun dunyo bo’ylab 2 milliard kishi tomosha qilgan, deb yozadi portugaliyalik jurnalist.