Ronaldu o'yin mobaynida «Al-Hilol» futbolchisini bo'g'ib qo'ydi

Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turida markaziy o’yin bo’lib o’tdi. «Al-Hilol» o’z maydonida Ronaldu boshchiligidagi «An-Nasr»ni qabul qilib, ishonchli hisobda (2:0) g’alaba qozondi.

«An-Nasr» sardori Krishtianu Ronaldu bahsning 57-daqiqasida maydon markazida to’pni gavdasi bilan berkitayotgan «Al-Hilol» futbolchisini ikki qo’li bilan tomog’idan bo’g’ib, maydonga yiqitdi.

Uchrashuvni boshqargan angliyalik hakam Maykl Oliver vaziyatni e’tiborsiz qoldirmadi va Ronalduga sariq kartochka ko’rsatdi. Vaholanki, vaziyat qizil kartochkaga ham tortishi mumkin edi.

«Al-Hilol» futbolchisi esa yerda biroz yotganidan keyin o’rnidan turib, bahsni davom ettirdi. Unga tibbiy yordam kerak bo’lmadi.