«Real Madrid» argentinalik yulduzni sotib olmoqchi

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Forza Roma.

Manbaga ko’ra, 29 yoshli argentinalik futbolchini 20 million yevroga sotib olishga tayyor klub mavjud. Bu – «Real Madrid».

Dibala joriy mavsumda «Roma» safida 29 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.