“Nyukasl” afsonasi tez orada klub tizimida ish boshlashi mumkin

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer klubning xalqaro elchisi lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira ma’lumot berdi.

Saudiya Arabistoni investitsion jamg’armasi allaqachon 51 yoshli Shirer bilan muzokaralarga kirishgan. Tez orada tomonlar kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Alan Shirer 1996-2006 yillarda futbolchi sifatida “Nyukasl” safida to’p surgan. 405ta uchrashuvda 206 marotaba to’p kiritgan.

football24.ru