«MYu» Ronalduning o'rniga o'rinbosar topdi

«Lion» hujumchisi Mussa Dembelega Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Si nashrining xabariga ko’ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchi uchun kurashda «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari to’qnash kelishadi.

“Qizil iblislar” Dembeleni kelasi yozda klub bilan shartnomasi nihoyasiga yetadigan portugaliyalik Krishtianu Ronalduga muqobil variant sifatida ko’rmoqda.

«Kanonirlar» esa yaqinda braziliyalik Gabriel Jezus bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Mussaga qiziqish bildirishmoqda.

Dembele o’tgan mavsum Fransiya chempionatida 30 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol (5 tasi penaltidan) va 4 ta golli uzatma bor.