«PSJ» hujumchisi Lionel Messida hamon «Barselona»ga qaytish imkoniyati mavjud. Ammo uning otasi bu variantga shubha bilan qarayapti. Bu haqda kataloniyalik insayder Jerar Romero xabar tarqatdi.
Futbolchining otasiga Ispaniyada soliqning haddan tashqari yuqoriligi, Ispaniyada top-sportchilarga nisbatan yo’lga qo’yilgan qonunchilik yoqmaydi.
Xorxe bir paytlar Neymar duch kelgan muammoga Messining duch kelishidan xavotir olmoqda. Neymar «Barsa»dagi foaliyati davomida soliq to’lashdan bosh tortgani uchun sudlashishiga to’g’ri kelgan.
Izohlarni ko`rish