Messi top-5 ligalarda gol urish borasida Ronalduni ortda qoldirdi

Hujumchi “PSJ” safida Liga 1ning kechagi o’yinida “Monpelye” darvozasini (3:1) ishg’ol qildi.

Bu gol uning Yevropaning top 5 ligasi jamoalari safidagi barcha musobaqalardagi 697-goli bo’ldi: “Barselona” safida u 672 ta, «PSJ» uchun – 25 ta gol urdi. Bu ko’rsatkichga erishish uchun unga 835 ta o’yin kerak bo’ldi.

Ronaldu top ligalar klublari safida 696 ta gol urgan: “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta va “Yuventus”da 101 ta gol. U 919 ta o’yin o’tkazgan.

Eslatib o’tamiz, Krishtianu shuningdek “Sporting” safida 5 ta gol urgan, biroq ular statistikada hisobga olinmagan, chunki Portugaliya chempionati top-5 chempionatga kirmagan.