«PSJ» rahbariyati argentinalik 35 yoshli hujumchi Lionel Messi bilan qanday sharoitda shartnomani uzaytirmoqchi ekani ma’lum bo’ldi.
Lequipe nashri xabariga ko’ra, parijliklar futbolchiga maoshi 75 foizga qisqartirilgan shartnoma taklif qilishgan. Hujumchini bunday moliyaviy sharoit mutlaqo qoniqtirmadi va u yozda jamoani o’zgartirish niyatida.
Lionelning faoliyatini davom ettirishning eng yaxshi varianti – «Barselona» hisoblanadi.
Messi «PSJ»da 2021 yilning yozidan beri o’ynab kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi bir necha oydan keyin tugaydi.
Joriy mavsumda argentinalik futbolchi parijliklar safida 33 ta o’yin o’tkazib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish