Saudiyaliklar Messiga yiliga 400 mln dollar taklif qilishadi.
The Telegraph nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari futbol tarixidagi eng yirik taklifni tayyorlamoqda.
Avvaliga ular argentinalik 35 yoshli futbolchi bilan moliyaviy detallarni kelishib olish niyatida, shundan keyin hujumchi qaysi klubga o’tishi aniq bo’ladi.
Muzokaralarda Saudiya Arabistoni ligasi rahbariyatida ishlayotgan, «Manchester Siti»ning sobiq ijrochi direktori Garri Kuk qatnashishi kutilmoqda.
Saudiyaliklar hozir futbolchining otasi Xorxe Messi bilan muzokara o’tkazishmoqda. Gap yiliga taxminan 400 mln dollar maosh haqida ketmoqda.
Avvalroq «Barselona» yozda Messini ortga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izohlarni ko`rish