Og’ir atletika bahslarida erkaklar o’rtasida -67 kg vazn toifasidagi bellashuvlar O’zbekiston uchun omadli yakunlandi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi bu haqda ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, dastur yakunida Adhamjon Ergashev dast ko’tarish va ikki kurash dasturida oltin, siltab ko’tarish mashqida kumush medalga sazovor bo’lgan. Shuningdek, Doston Yoqubov umumiy hisobda kumush medalga mualliflik qilgani aytiladi.
Oltin — Adhamjon Ergashev (O’zbekiston) – 314 (141+173) kg;
Kumush — Doston Yoqubov (O’zbekiston) – 305 (134+171) kg;
Bronza — Yusuf Gench (Turkiya) – 305 (131+174) kg.
Ayni damda berilgan xabarga ko’ra, shuningdek, taekvondochi Feruza Sodiqova ham 2:0 hisobida g’alaba qozonib, oltin medalni qo’lga kiritdi.
Izohlarni ko`rish