Konor Meyvezer bilan revansh jangi o'tkazishga rozi bo'ldi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor o’zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bilan revansh jangi o’tkazishga rozi bo’lganini ma’lum qildi.

«Roziman», – deya yozadi Makgregor o’zining ijtimoiy sahifasida.

Ajablanarli keyinchalik Makgregor bu postini o’chirib tashlagan. Avvalroq Makgregor va Meyvezer revansh jangi muhokama qilayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o’tamiz, Makgregor va Meyvezer o’rtasidagi ilk jang 2017 yilning avgustida bo’lib o’tgan va amerikalik bokschining g’alabasi bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, Makgregor 2021 yil 11 iyul kuni UFC 264 turnirida oyog’idan jarohat olgandi.