Rossiya va Kamerun terma jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazilmaydi. Avvalroq OAV ushbu terma jamoalar o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvi kelasi oy bo’lib o’tishi mumkinligini xabar qilgandi. Taxminlarga ko’ra, o’yin 15 iyun kuni «Lujniki»da bo’lib o’tishi kerak edi.
«Sport-Ekspress» nashrining ma’lum qilishicha, Afrika davlati rasmiylari terma jamoaning rossiyaliklar bilan nazorat o’yinida ishtirok etishiga chek qo’ygan.
FIFA va UEFA taqiqi tufayli Rossiya terma jamoasi faqat o’rtoqlik o’yinlari o’tkazishi mumkin. Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi so’nggi o’rtoqlik uchrashuvini Iroq terma jamoasiga qarshi o’ynadi. Rossiyalik futbolchilar o’z uylarida 2:0 hisobida g’alaba qozonishdi.
Izohlarni ko`rish