“Manchester Yunayted” yulduzi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodriges futbolchi bilan hayoti haqida gapirdi, hamda sportga qiziqmasligini tan oldi.
“Men futbol muxlisi emasman. Umuman olganda, bu sport turiga endi qiziqa boshladim, chunki ikkinchi yarmim shu bilan shug’ullanadi. Lekin, haqiqat shuki, biz uyda futbol haqida gapirmaymiz, chunki men buni tushunmayman.
Biz o’zimiz, farzandlarimiz, o’quv dasturlari, sayohatlar, loyihalar, biznes rejalar haqida gaplashamiz”, dedi Rodriges “El Pais” nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o’tamiz, oktyabr oyi oxirida Krishtianu Ronaldu va Jorjina juftlik egizak farzand kutayotgani ma’lum bo’lgandi.
Izohlarni ko`rish