Ispaniya 3-divizionining 29-turidan o’rin olgan “Kordoba” va “Ferrol” jamoalari o’rtasidagi bahsda mezbonlar futbolchisi maydonda hushini yo’qotdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida “Kordoba” himoyachisi Dragisha Gudel hushini yo’qotdi va maydonga quladi. Shifokorlar maydonga chiqib kelib, o’sha yerning o’zida Gudelga tibbiy yordam ko’rsatdi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, Dragishaning yuragi urishdan to’xtagan va uni hayotini saqlab qolish uchun ikki marta defibrillyator ishlatilgan.
Shifokorlar Gudelni zambilga yotqizib olib ketayotganda, futbolchi o’yinni davom ettirish istagini bildirgan. Biroq, unga ruxsat berilmagan. Uchrashuv esa davom ettirilmadi.
Hozirda 25 yoshli futbolchining ahvoli yaxshilangan.
Izohlarni ko`rish