Gandbol bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu gal vakillarimiz aniq mundial yo’llanmasini qo’lga kiritishdi.
JChga so’nggi o’rin 5-pog’ona uchun kechgan bellashuvda qizlarimiz gonkonglik raqibalariga qarshi maydonga chiqishdi. O’ta keskin va murosasiz kechgan bahs hamyurtlarimizning 28:25 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o’tamiz, bundan avval Iordaniyani mag’lub etib, oltilikka kirgan jamoamiz JChga yo’llanma olishi kerak edi. Biroq Xalqaro gandbol federatsiyasi ushbu musobaqa uchun ajratilgan kvotani beshtaga qisqartirgach, Ispaniya maydonlarida o’tadigan chempionat uchun yana bir g’alaba qozonishimiz lozim bo’ldi. Ta’kidlash joiz, qizlarimiz guruh bosqichi doirasida gonkonglik qizlarga imkoniyatni boy berishgan edi.
olympic.uz