«Eski unvonlar xavf ostida» – Makgregor UFC’ga qaytmoqchi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik yulduz Konor Makgregor rossiyalik jangchi Islom Maxachevning avstraliyalik Aleksandr Volkanovski ustidan qozongan g’alabasiga izoh berdi.

 

“Bu kecha ajoyib jang bo’ldi. Unda faqat g’oliblar bor. Men uni qiziqish bilan tomosha qildim. Endi qaytishim kerak, eski unvonlar xavf ostida”, — deb yozdi Makgregor.
Eslatib o’tamiz, kecha Maxachev bir ovozdan bilan Volkanovskini mag’lub etdi va birinchi marta chempionlik kamarini himoya qildi.