Fransiya poytaxti Parij shahri Harbiylar o’rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Hozirgina Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov final uchrashuvini g’alaba bilan yakunladi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan O’zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi hal qiluvchi final bahsida braziliyalik Godoy De Machedoni mag’lubiyatga uchratdi.
Eslatib o’tamiz, Davlat Bobonov finalga qadar Avstriya, Rossiya va Slovakiya dzyudochilaridan ustun kelgan edi.
Izohlarni ko`rish