Braziliya futbol konfederatsiyasi mamlakat milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi.
BFK rasmiy sayti xabariga ko’ra, Ramon Menezes Braziliya milliy jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ushbu mutaxassis hozirgacha Braziliya yoshlar jamoasi U20 bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi. Menezes qo’l ostida Braziliya U20 jamoasi jahon chempioniga aylangan edi.
Braziliya milliy jamoasi yangi bosh murabbiy qo’l ostida dastlabki uchrashuvni 25 mart kuni Marokashga qarshi o’tkazadi. O’rtoqlik o’yini Marokash poytaxtida o’tadi.
Eslatib o’tamiz, Braziliya milliy jamoasi JCh-2022dan keyin Tite bilan xayrlashgan edi.
Avvalroq, mamlakat futbol konfederatsiyasi Karlo Anchelottiga taklif bilan chiqqani haqida xabarlar tarqalgan, italiyalik bosh murabbiy esa buni rad etgandi