Hujumchi prezidentlikka nomzod sifatida ro’yxatdan o’tmagan.
Rube kommunasida bir nafar saylovchi “Real” hujumchisini yoqlab ovoz berdi.
Fransiyalik futbolchi prezidentlikka nomzod sifatida ro’yxatda bo’lmagani uchun ovoz hisobga olinmagan.
Ma’lumot uchun, 10 aprel kuni Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Natijada amaldagi prezident Emmanuel Makron va Marin Le Pen ikkinchi bosqichga yo’l olishdi.
Avvalroq, “Real Madrid” Benzema bilan shartnomani uzaytirgani va “PSJ” prezidenti Neymarni “Barsa”ga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Izohlarni ko`rish