«Bavariya» safarda «Kyoln»ni mag’lub etdi va ketma-ket 11-marta Germaniya futbol chempioniga aylandi. Bundesliganing 34-turidan o’rin olgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.
O’tgan tur oldidan peshqadam bo’lib turgan Dortmundning “Borussiya” klubi o’z maydonida “Maynz” bilan durang o’ynadi (2:2) va chempionlikni qo’ldan boy berdi.
Germaniya chempionati yakunlariga ko’ra, “Bavariya” 71 ochko jamg’arib, urilgan va o’tkazib yuborilgan to’plar orasidagi eng yaxshi farq bo’yicha “Borussiya”dan (71 ochko) oldinda bo’ldi. «Bavariya» ketma-ket 11-marta, tarixda esa 33-marta Bundesligada g’alaba qozondi.
Izohlarni ko`rish