Alisher Usmonov — FIE prezidentligiga nomzod

Rossiya qilichbozlik federatsiyasi Alisher Usmonovning nomzodini Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga ilgari surdi, xabar bermoqda TASS.

 

FIE (Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi) rahbarligi uchun saylov 27 noyabr sanasida, tashkilotning Lozannadagi kongressida bo’lib o’tadi.

 

Alisher Usmonov 2008 yildan beri FIE prezidenti sanaladi. 2012 va 2018 yillarda qayta saylangan. 2020 yilgi saylov bir yilga kechiktirilgandi.