“Manchester Yunayted” va Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Patris Evra sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni PSJ hujumchisi Lionel Messi bilan solishtirdi.
Patris Evra bu ikki buyuk futbolchidan Krishtianu Ronalduni tanlashini bildirdi. Unga portugaliyalik yulduzning mehnatkashligi ma’qul kelganini aytdi.
– Xudo Messiga iste’dod berib qo’ygan, Ronaldu esa bunga erishish uchun ancha mehnat qilishiga to’g’ri keladi. Agar Messi ham Ronaldudek mehnat qilganida hozirgacha 15 ta “Oltin to’p”ni qo’lga kiritgan bo’lardi, – dedi Patris Evra.
Messi mavsumning eng zo’r futbolchisiga beriladigan “Oltin to’p” sovrini yetti marta qo’lga kiritgan. Ronaldu hisobida bu sovrindan beshtasi bor.
Izohlarni ko`rish