«Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas» seriali haqida qisqacha ma'lumot (+foto) 1

«Yomonlik dunyoga ustun bo’lolmas» seriali haqida qisqacha ma’lumot (+foto)

O’zbek teletomoshabinlariga «Yomonlik dunyoga ustun bo’lolmas» (Eşkıya Dünyaya Hükümdar Olmaz) nomi ostida taqdim qilinayotgan turk seriali oxirgi paytda namoyish etilayotgan kinoloyihalar orasidsa eng mashhuri bo’lib qoldi.

Qurol savdosi bilan shug’ullanuvchi yirik mafioz – Xizrning oilasi haqida hikoya qiluvchi ushbu teleserial ikki xil janrni o’zida mujassamlashtiradi– muhabbat dramasi hamda siyosat bilan bog’liq bo’lgan kriminal boyevik. Bosh qahramon otasi asos solgan qurol savdosi bilan shug’ullanadi. U oilasi, rafiqasi, farzandlari, yaqinlari, mahbubasi va xatarli bo’lgan biznesini hasadgo’ylardan va dushmanlaridan himoya qilishi kerak. Muhabbat janriga asoslangan bu serialda «sevgi uchburchagi»ning bo’lishi ham tabiiy.

«Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas» seriali haqida qisqacha ma'lumot (+foto) 2

«Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas» seriali haqida qisqacha ma'lumot (+foto) 3

Bosh qahramon Xizrning rafiqasi Maryam rolini ijro etgan aktrisa Deniz Chaqirni o’zbek tomoshabinlari «Muhtasham yuz yil» serialidagi Shoh Sulton roli orqali yaxshi tanishadi. «Forbes» jurnalining versiyasiga ko’ra, Deniz Chaqir Turkiyaning eng go’zal aktrisalaridan biri deb tan olingan. Bosh qahramon Xizr rolini talqin etgan aktyor Oktay Kaynarja afsonaviy «Kurtlarvadisi» (Bo’rilar makoni) hamda «Adanali» (Adanlik odam) seriallaridagi rollari orqali mashhur bo’lgan. Shunisi qiziqki, Deniz Chaqir bilan Oktay Kaynarja ekrandagi ishqiy munosabatlarini haqiqiy hayotda ham davom ettirdilar. Ma’lumotlarga qaraganda, bu aktyorlarning munosabatlari «ishdagi ishq» iborasiga to’g’ri keladi. Ular o’rtalaridagi munosabatlarini va baxtiyor ekanliklarini hech kimdan sir tutmayaptilar.

«Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas» seriali haqida qisqacha ma'lumot (+foto) 4 «Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas» seriali haqida qisqacha ma'lumot (+foto) 5

«Yomonlik dunyoga ustun bo’lolmas» seriali birinchi qismdanoq tomoshabinlarni o’ziga qiziqtirib qo’ydi va sekin-asta ularning yuragidan chuqur joy oldi. Hozirda bu serial eng mashhur va ommabop turk seriallari ichida eng yuqori o’rinlardan birini egallab turibdi.

«Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas» seriali haqida qisqacha ma'lumot (+foto) 6 «Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas» seriali haqida qisqacha ma'lumot (+foto) 7

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *