XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

O’RIK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. O’rik o’rta asrlarda Fransiya va Angliyada o’zining ajoyib ta’mi tufayli juda qadrlangan.

2. Uzoq yillar o’rikning vatani sifatida Armaniston tilga olingan. Ammo olimlarning izlanishlari tufayli ma’lum bo’ldiki, o’rikning vatani G’arbiy Xitoy ekan.

3. Bundan 2000 yil oldin o’rik Xitoydan O’rta Osiyoga, u yerdan Kichik Osiyo, shu yerdan Yevropaga tarqalgan.

4. O’rikdan dori sifatida Rossiyada shoh Ivan III davrida foydalana boshlashgan.

5. Vizantiyada qachonlardir o’rik terini yoshartiruvchi malham sifatida qabul qilingan.

6. O’rik qon tarkibi yaxshi saqlanishi, qon tomirlar tiqilmasligini ta’minlaydi. Sklerozga qarshi shafqatsiz kurash olib boradi.

7. Gemoglabinni ko’tarishda ham o’rikning alohida o’rni bor. Qondagi xolesterin miqdorini, saraton xavfini kamaytiradi.

8. O’rik tarkibidagi kaliy va sharbatning ko’pligi siydik haydashda juda asqotadi. Undagi karotin moddasi esa odamning ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi.

9. O’rik daraxti juda tez o’sadi va bo’yi 4-5 metrgacha yetadi.

10. O’rik daraxti yorug’likni va issiq iqlimni sevadi.

11. Xalq tabobatida o’rikdan yuqori nafas yo’llarini davolashda, uyqusizlikka qarshi kurashda keng foydalaniladi.

12. Qadimda tarkibida amigdalin moddasi bo’lgani bois jodugarlar juda kuchli ta’sir etuvchi zahar tayyorlash jarayonida o’rik danagidan ham unumli foydalangan.

13. O’rik surgi dori va yo’talga qarshi kuchli dori sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.

14. Bosh miya faoliyatini yaxshilaydi. Xotirani mustahkamlaydi. Bunga o’rik tarkibida mavjud A, V, V-15 va S vitaminlari sababchidir.

15. Qadimiy Misrda tabiblar laringitga qarshi o’rikdan keng foydalanishgan. Qadimiy Xitoyda esa imperator saroyidagi harbiylarga har kuni me’yordan oshirmagan holda o’rik sharbati tarqatilgan. Bu harbiylar yangi kuch yig’ishi uchun shart deb hisoblangan.

16. O’rik quritilganda ham o’zidagi xususiyatlarni, foydali moddalarni yo’qotmaydi.

17. O’rik danagi marsipan ishlab chiqarishda ham keng qo’llaniladi.

18. Hozir dunyo bo’yicha o’rik yetishtirishda Turkiya birinchi o’rinni egallaydi.

19. Olimlar olicha va o’rik chatishmasidan «qora o’rik» navini yaratishgan.

20. O’rikning quritilganida kaloriya yangi uzilgan o’rikka nisbatan 15 marta ko’proqni tashkil etadi.

21. Qandli diabet bilan og’riganlarga o’rik yeyish tavsiya etilmaydi.

22. Yurak xastaliklari, jumladan, infarktga uchragan bemorlar har mavsumda to’yib o’rik yesalar, kaliy tomchi dorisi, yurakka quvvat beruvchi turli dorilar iste’mol qilishga hojat qolmaydi.

23. O’rik xuddi yogurt kabi kayfiyatni ko’tarinki holatda ushlash xususiyatiga ega.

24. O’rikdan ich qotishga qarshi kurashda ham bemalol foydalanish mumkin.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…