Yer osti va yer usti shifobaxsh mineral buloqlar kabi suv resurslaridan davolash vositasi sifatida foydalanish Termalizm deb ataladi. Termalizm Yevropada qadim zamonlardan to hozirgi kungacha keng qo’llanilgan amaliyotdir. G’arbda o’ziga xos arxitektura an’analariga asosan qurilgan SPA issiqlik inshootlari bo’lgan ko’plab aholi punktlari mavjud. Ushbu shifobaxsh suv madaniyatini Yevropaning bebaho merosi deb hisoblash mumkin.
Afyonkarahisar
Turkiyaning termal turizm poytaxti hisoblangan Afyonkarahisar; madaniyat, tabiat va oshpazlik san’atining muhim markazlaridandir. Afyonkarahisar 5000 yildan ortiq tarixga ega. Shahar Xet, Frig, Rimlik, Vizantiyalik, Saljuqiy va Usmonlilar kabi ko’plab imperiyalarga mezbonlik qilgan. Ushbu tarixiy shaharda ilk asrlardan beri davom etib kelayotgan termal an’ana bugungi kungacha avlodlar osha davom etib kelmoqda.